Reuters: Isroilning Livanga bergan zarbasi oqibatida HAMAS yetakchilaridan biri halok bo'ldi

    HAMASning Livandagi yetakchilaridan biri Fateh Sherif Abu al-Amin Isroilning mamlakat janubidagi Sur (Tir) shahridagi falastinlik qochqinlar lageridagi uyiga bergan zarbasi oqibatida halok bo'ldi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

    U bilan birga xotini, o'g'li va qizi o'ldirildi. Isroil mudofaa kuchlari al-Aminning o'ldirilishiga izoh bermadi.

    Isroil Bayrutning Kola tumaniga ham zarba berib, Falastinni ozod qilish xalq frontining uch nafar yetakchisini o'ldirdi. Ularning ism-shariflari haqida xabar berilmadi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, turar-joy binosining yuqori qavatiga zarba berilgan, deb yozadi Reuters.

    2006-yildagi ikkinchi Livan urushidan beri birinchi marta Isroil samolyotlari Bayrut markaziga – “Hizbulloh” qarorgohi va harakatga aloqador boshqa inshootlar joylashgan Dahiya tumani tashqarisiga zarba berdi.

    SAXAL Bayrutga berilgan zarbaga izoh bermadi, deb xabar beradi meduza.io.