Afrika tibbiy tadqiqotlar va taraqqiyot jamg'armasiga (AMREF) tegishli Cessna Citation 560 samolyoti Nayrobidan Somaliga uchayotgan edi. Havoga ko'tarilganidan ko'p o'tmay, u yerga pastlay boshlagan, qurilayotgan binoga qulab tushgan, elektr simini shikastlagan va yonib ketgan. Avvalroq bortda ikki nafar uchuvchi va ikki nafar tibbiyot xodimi bo'lgani xabar qilingandi.

Voqea joyida Keniya qutqaruv xizmatlari ishlamoqda, politsiya voqeani o'rganmoqda, deb xabar berdi tass.ru.