Reuters: Rossiya tomonida jang qilish uchun yuborilgan KXDR harbiylarining 600 nafarga yaqini halok bo'ldi

    Janubiy Koreya razvedka idoralari ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya tomonida jang qilish uchun yuborilgan shimoliy koreyalik harbiylarning 600 nafarga yaqini halok bo'ldi.

    Shimoliy Koreya harbiy kontingentining jami yo'qotishlari (qaytariladigan va qaytarilmaydigan) 4700 nafarga baholanmoqda.

    Bu ma'lumotlar, Reuters agentligi xabariga ko'ra, Janubiy Koreya parlamenti a'zolariga razvedka xodimlari tomonidan e'lon qilingan. Ularga ko'ra, halok bo'lganlar KXDR qo'shinlari yuborilgan Kursk viloyatida yoqib yuborilgan.

    Janubiy Koreya razvedkasining qayd etishicha, Rossiya tomonidagi urushda olti oy davomida qatnashgan Shimoliy Koreya armiyasining jangovar qobiliyati sezilarli darajada oshgan, xususan, yangi turdagi qurollarni, jumladan, dronlarni o'zlashtirgan.

    Umuman olganda, Janubiy Koreya rasmiylariga ko'ra, KXDR 15 mingga yaqin odamni urushga jo'natgan.

    Shimoliy Koreya harbiylari 2024-yil kuzidan beri Rossiyada bo'lib, ular Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan.

    Rossiya va Shimoliy Koreya rasmiylari uzoq vaqt davomida Shimoliy Koreya kontingenti Rossiya Federatsiyasiga yuborilganini rasman tasdiqlamadi.

    Aprel oyi oxirida KXDR qo'shinlar Kim Chen In buyrug'i bilan 2024-yil iyun oyida imzolangan har tomonlama strategik sheriklik to'g'risidagi ikki tomonlama shartnoma doirasida Rossiya Federatsiyasiga yuborilganini ma'lum qildi. Vladimir Putin, o'z navbatida, Kim Chen Inga Kursk viloyati uchun jangda KXDR ishtirok etgani uchun ochiqchasiga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar beradi meduza.io.