Mamlakat meteorologiya markazi ma'lumotlariga ko'ra, mazkur hodisa mahalliy vaqt bilan 16.40 da boshlandi. Bungacha so'nggi haftada yarim orolda mingga yaqin zilzila sodir bo'ldi. Ulardan ba'zilarining magnitudasi 5,0 dan oshdi.

Ayni paytda lava uzunligi taxminan 200 metrni tashkil etishi taxmin qilinayotgan yoriqlardan sizib chiqmoqda. Mamlakatning bosh aeroporti samolyotlarning qo'nishi yoki uchib ketishida hech qanday uzilishlar yo'qligini ma'lum qildi, deb xabar beradi mir24.tv.