Marosimda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham Oʻzbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.
Dafn marosimida jahonning koʻplab mamlakatlari rahbarlari, qirollik oilalarining aʼzolari va taniqli din arboblari ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi qarorgohida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rim-katolik cherkovi Kamerlengosi Kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yoʻllagan edi.