Qayd etilishicha, Paola Damore oʻz nutqida Rimning “Juzeppe Tuchchi” muzeyidan Buxoro amirining oltin kolleksiyasi saqlanayotganini aytgan.

“Bu shaxsan men uchun Kongresdan olgan eng katta yangiliklardan biri boʻldi. Shuningdek mehmon muzeyda Kushonlar davriga oid osori-atiqalar – marjonlar, uzuklar, bilaguzuklar, sirgʻalar va tilla quymalari, Oʻzbekiston tarixiga oid turli bezakli taqinchoqlar oʻrin olganini ham aytib oʻtdi”, deb yozadi deydi Shahnoza Soatova.

Paola Damore 60 jildlik “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” kitob-albomiga alohida qiziqish bildirib, Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro Kongresi “Eriell Group” kompaniyasi homiyligida tashkil etildi.