Rishtonda aliment toʻlashdan bosh tortgan 4 nafar ota qamaldi

    OʻzR MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

    Rishtonda aliment toʻlashdan bosh tortgan 4 nafar ota qamaldi

    Jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tuman sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi binosida aliment qarzini toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgan 8 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy ish materiallari koʻrib chiqilgan.

    Ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar D.Q. 45.9 million soʻm, D.A. 42,6 million soʻm, Z.B. 16.4 million soʻm, B.S. 9.3 million soʻm aliment pulini toʻlashdan boʻyin tovlab kelganliklari sababli OʻzR MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.