Oʻzbek va tojik qadimdan ogʻa-ini, qavm-qarindosh. Orzu umidlari hamohang. Ikki xalq doʻstligining eng yorqin ifodasi Alisher Navoiy hazratlari va Abdurahmon Jomiy hazratlari munosabatlarida aks topgan. Bugun ham bir mamlakat, bir makonda yashayotgan oʻzbek va tojiklar panja barmoqlaridek biri biriga quvvat beradi.
Sharqona uslubdagi yogʻoch oʻymakorligining eng goʻzal namunalari boʻlgan ustun va shiftlar, nafis chizgilar ila jilo berilgan ganch devorlar, osmoniy ranglarni ifodalovchi sopol koshinlar binoga oʻzgacha chiroy bagʻishlamoqda.
– Bu yer mushoiralar, uchrashuvlar, maʼrifiy suhbatlar oʻtkaziladigan maʼnaviyat markaziga aylanishi lozim, – dedi Sh.Gʻaniyev. – Mana qarang, katta zal shiftida toʻrt fasl oʻymakorlik sanʼati yogʻoch va ranglarda ifodalangan. Demak, oʻzbek va tojik millatlariga mansub yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati ham shu toʻrt fasl charxpalagi kabi boqiydir.
– Biz, Rishton tumanida yashaydigan millati tojik boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga bu kabi alohida imkoniyat va gʻamxoʻrlik uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz, – dedi Tursinxoʻja ota qoʻlini duoga ochib va qalb tilaklarini izhor qildi.
Shundan soʻng tadyuir Navoiy va Jomiy gʻazallari asosidagi sheʼrxonlikka ulanib ketdi.
Ishtirokchilar oʻzbek-tojik “Doʻstlik uyi” ikki xalqning ezgu tuygʻular uyiga aylanishi ishonch bildirdi.