Rishton tumani tibbiyot birlashmasi tizimida Yoyilma oilaviy shifokorlik punkti “Obod qishloq” dasturi doirasida qurib bitkazilgan.
Mazkur oilaviy shifokorlik punktini barpo etish uchun 1,5 milliard so'm mablag' sarflandi.
14 ta xonadan iborat tibbiyot maskanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan barcha imkoniyatlar yetarli.
Ayollar, bolalar va keksalar uchun alohida xonalar, shuningdek, stomatologiya bo'limi, laboratoriya, kunduzgi statsionar ham mavjud.