Plenumda partiyaning 2023-yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024-yilgi faoliyat yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov oʻz arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berish yoʻli bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.

Partiya raisligiga Mahmudova Robaxon Anvarovna nomzodi koʻrib chiqilib, Siyosiy Kengash aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.