Germaniyaning “Bavariya” klubi va Pol`sha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskining orzusi “Real” Madrid safida to'p surish   ekan.  Bu haqda   tribuna.uz  xabar beradi.

Xabarda aytilishicha, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Qirollik klubidan transfer taklifi tushishini kutmoqda. Bundan “Real” rahbariyati ham xabardor.  Ammo futbolchining bu orzusi ushalishiga “Bavariya” rahbariyati qarshi. Myunxenliklar Robertni aslo qo'yib yubormoqchi emas.

Myunxenliklarning ta'kidlashicha, ikki yildan so'ng “Bavariya” va Levandovski  o'rtasidagi shartnoma yakunlanadi. SHundan keyin u  jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Ammo masalaning yana bir tomoni bor: u paytda pol`shalik hujumchi qanday formada bo'ladi, uni “Real” qabul qiladimi, gap shunda.