Bu haqda Vkontakte xabar berdi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada ish kunining yarmida hujjatlarni yetkazib berish bilan shugʻullanadigan robot ish vaqtida harakatdan toʻxtab qolgan va turgan joyida aylana boshlagan. Birozdan soʻng zinapoyaga chiqayotib yiqilib tushgan.
Xabarda keltirishicha, robot yiqilib tushgandan soʻng oradan koʻp oʻtmay yana oʻrnidan turib, lift chaqirib, mustaqil ravishda qavatlar boʻylab harakatlangan.
Ammo mutaxassislar robotning zinapoyadan koʻtarilishda yiqilib tushganini aniqlashtirolmayapti va shu boʻyicha ish olib bormoqda. Mutaxassislar, robot juda koʻp va dam olishsiz ishlagan va shuning uchun u shu ahvolga tushgan deb taxmin qilishmoqda.