23-noyabr kuni Parijda Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid ikkita — Arab dunyosi institutida “Samarqandga yoʻl, ipak va oltin moʻjizalari” nomli hamda Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida”, deb nomlangan yirik koʻrgazma ochiladi.
Luvrdagi koʻrgazma ilmiy kuratori Rokko Rante mazkur koʻrgazmalardan koʻzlangan maqsad haqida soʻzlab berdi.
"Ushbu koʻrgazma oʻz oldiga ikkita asosiy maqsadni qoʻygan. Birinchidan, Yevropada Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatini koʻrsatish. Parij, albatta, bu borada yetakchi shahar. Chunki Luvr kabi yetakchi muzeylar shu yerda joylashgan. Shuningdek, bu yerda arab dunyosi madaniyati ham yaxshi aks ettiriladi.
Ikkinchi maqsad. Shuni hisobga olish kerakki, Markaziy Osiyo tarixi Yevroosiyo tarixi bilan juda chambarchas bogʻliq. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida umumiy tarixiy voqealar koʻp.
Qolaversa, koʻrgazma Yevropa va Fransiya jamiyati uchun Markaziy Osiyoni yaxshiroq bilish uchun ilmiy ahamiyatga ega. Zotan, Markaziy Osiyo madaniyati muhim tarixiy shaxslarga boyligi bilan alohida oʻrin tutadi", deya taʼkidladi u.