Bu Saudiya Arabistoni chempionatining 5 tur uchrashuvida yuz berdi, unda “Al-Hazm” o'z maydonida “An-Nasr”ni qabul qildi. Abdulrahmon G'aribning uzatmasidan so'ng raqib darvozasiga aniq zarba yo'llagan Ronaldu jamoasining to'rtinchi goli muallifiga aylandi. Shuningdek, ushbu o'yinda portugaliyalik futbolchi ikkita golli uzatmani ham amalga oshirishga erishdi.
Gollar soni bo'yicha Ronaldu rekordchi hisoblanadi. Uning hisobida klublar miqyosida – 727 ta, Portugaliya terma jamoasidagi o'yinlarda 123 ta gol bor, deb xabar beradi tengrisport.kz.