Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlagach futbol klubi sotib olish istagi borligini aytdi.
“Faoliyatimni yakunlashimga 2-3 yil qoldi... Butsalarimni mixga ilganimda keyin futbol klubi sotib olishni xohlardim”, degan u Goal muxbiri bilan suhbatda
Joriy yilda “Manchester YUnayted”dan “An Nasr”ga o'tgan 38 yoshli hujumchisi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta golga mualliflik qildi.