Avvalroq  shu yil yozda “YUventus” Krishtianu Ronalduni sotishi mumkinligi haqida xabar bergandik. YAqinda esa futbolchining agenti Jorje Mendesh “Real” klubi prezidenti Florentino Peres bilan Krishtianuning Madridga qaytishi imkoniyatlari masalasida gaplashgani aytdi.

 Xo'sh, mashhur hujumchining Madridga qaytishi haqidagi gaplar qanchalik to'g'ri? As nashri “Real” bosh murabbiyi Zaniddin Zidan shu haqda savol berdi.

— Ronaldu qanday darajadagi o'yinchi ekanligini, nimalarga erishganini va uni Madridda qay daraja yaxshi ko'rishlarini barchamiz yaxshi bilamiz, — dedi Zidan. — Krishtianu “Real”da tarix yoza olgan ajoyib o'yinchi. Ammo u hozir “YUventus” futbolchisi. SHunday ekan, bu ajoyib o'yinchi haqida ortiqcha gapirish noo'rin bo'ladi.

SHu o'rinda ta'kidlash lozimki, Ronaldu 2009-2018 yillarda madridliklar sharafini himoya qilib, 4 marta CHempionlar ligasi g'olibi, bir necha marta Ispaniya chempioni bo'lgan va raqiblar darvozasiga 450ta gol kiritgan.