“Yuventus” Ronalduga har yili 87 mln maosh toʻlaydi. Agar futbolchi sotilsa, bu turinliklar uchun shuncha mablagʻni iqtisod qilish imkonini beradi. Ammo klub Krishtianuni ketishga majburlamoqchi emas.

Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano yaqinda Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirib, shunday dedi:

— ...Krishtianu shunday futbolchi: siz unga toʻpni berishingiz kerak, shunda u oʻz rekordlarini oʻylab, gol uradi. U toʻrt yil avvalgidek holatda emas.

“Yuventus” Krishtianuni Chempionlar Ligasini yutish uchun sotib olgandi, ammo bu amalga oshmadi. Pirlo – ishini yangi boshlayotgan murabbiy, u dunyodagi eng koʻp media markazida turgan futbolchi bilan ishlash tajribasiga ega emas. Ronaldu unga muammolar keltirib chiqarmoqda.

Ronaldu bu mavsumda A Seriyada 24ta bahsda 23ta gol urdi.