Aviatsiya sohasidagi ikkita manbaning taʼkidlashicha, Rossiya 11-avgustdan boshlab barcha davlatlar bilan xalqaro havo qatnovini tiklashi mumkin, deb xabar beradi “TASS”.

“11-avgustdan boshlab barcha mamlakatlarga aviareyslarni ochish masalasi muhokama qilinmoqda”, dedi manba, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmaganligini taʼkidlab.

Ikkinchi manbaning taʼkidlashicha, bunday gʻoya haqiqatan ham yaqinda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari Tatyana Golikova bilan yigʻilishda muhokama qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 1-avgustdan boshlab Rossiya uch mamlakat: Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan xalqaro reyslarni qisman tikladi. Bundan tashqari, Rossiya va Abxaziya oʻrtasidagi chegara ochiq.

Bugundan boshlab London, Anqara, Istambul va Tanzaniya poytaxti Zanzibarga parvozlar boshlanadi va 10-avgustdan boshlab ruslar Turkiyaning Antaliya, Bodrum va Dalaman shaharlariga uchishlari mumkin.