Rossiya 5-oktyabrdan boshlab Oʻzbekistonga aviareyslar sonini oshiradi

    Transport 23 Sentabr 2021 1011

    Rossiya Federatsiyasi Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash Opershtabi Oʻzbekiston shaharlariga muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga ruxsat berdi. Bunday qaror respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib qabul qilindi.

    Joriy yilning 5-oktyabridan “Moskva—Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviareyslar soni haftasiga toʻrt martagacha oshiriladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

    Undan tashqari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yangi aviareyslar ochiladi:

    • “Moskva — Buxoro” — haftasiga 2-marta;
    • “Moskva — Urganch” — haftasiga 1-marta;
    • “Moskva — Samarqand” — haftasiga 2-marta;
    • “Moskva — Namangan” — haftasiga 1-marta;
    • “Moskva — Fargʻona” — haftasiga 1-marta;
    • “Moskva — Andijon” — haftasiga 1-marta;
    • “Moskva — Termiz” — haftasiga 1-marta.

    Barcha ushbu belgilangan joylarga muntazam reyslar Rossiyaning xalqaro parvozlar tiklangan barcha shaharlaridan (har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga 1-marta chastotasida) ruxsat berilgan.