Ushbu hujum 2025-yil 16-dekabr kuni maktabda sodir bo'lgan. Yuqorida tilga olingan Tojikiston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi voyaga etmagan Tojikiston fuqarosining oilasi va do'stlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ushbu holat munosabati bilan Rossiya Federatsiyasining Tojikiston Respublikasidagi elchisi S.Grigoryev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga Rossiyadan ushbu fojiali voqea bo'yicha zudlik bilan obyektiv va xolis tergov o'tkazish va barcha ishtirokchilarni qonunning qat'iy choralari doirasida javobgarlikka tortish talabi bilan nota topshirildi.

Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga marhumning qarindoshlari va do'stlari bilan doimiy aloqada bo'lish va bu masalani nazorat qilish topshirildi, deb xabar berdi mfa.tj.