Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilinadi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-52-son, 12.02.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari oʻrtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma tasdiqlandi.

    Shartnoma 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida imzolangan.

    Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.