Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Oʻzbekistonga keldi

    Hukumat 9 Sentabr 2024 1862

    Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin 9-sentyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.

    Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisi oʻtkaziladi.

    Shuningdek, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish koʻzda tutilgan.