O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo‘shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni ilgari surishga qaratiladi.

Shu bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Prezident Vladimir Putin, shuningdek, SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.