Qayd etilishicha, bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Bola 2023-yilda onasi bilan Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida boʻlib turish qoidalarini buzilishi ortidan Oʻzbekistonga yuborilgan.
Maʼlum boʻlishicha ota-onaning hozirda qayerdaligi nomaʼlum.
Hozirda “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini koʻrmoqda.