58 yoshli Rossiya fuqarosi Toshkentga uchishdan oldin bojxona nazoratidan o‘tish uchun “yashil yo‘lak”ni tanlagan. Bu bilan u bojxona deklarasiyasiga tortiladigan pul va tovarlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

Biroq, bojxonachilar tomonidan yo‘lovchining qo‘l yuki va qo‘l sumkasidan katta miqdordagi naqd pul – 6 million rubldan ortiq yoki sayohat kunidagi kurs bo‘yicha deyarli 66 ming AQSH dollari ekvivalentini aniqlangan.

Rossiya rublidagi 10 000 AQSH dollari ekvivalentidan oshadigan naqd pul majburiy ravishda yozma deklarasiya qilinishi kerakligi sababli, noqonuniy o‘tkazilgan mablag‘lar miqdori deyarli 56 000 AQSH dollarini yoki 5,1 million rublni tashkil etgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, noqonuniy o‘tkazilgan mablag‘lar sud qarori chiqarilgunga qadar olib qo‘yilgan, qolgan summa esa egasiga qaytarilgan.