Unda mamlakatimiz diplomati “Rossiyaning Shimoliy-G'arbiy mintaqasi bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishi mintaqalararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, uning hududlarida turli sabablar bilan bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko'rsatish” ekanligini gazetxonlarning e'tiboriga havola qilgan.
Mamlakatimiz bosh konsuli “O'zbekiston viloyatlari ma'muriyati vakillari, siyosatchilar, olimlar, tadbirkorlar, madaniyat arboblari, ta'lim va tibbiyot vakillarining tashriflari chog'ida o'zaro hamkorlik asoslari qo'yilayotgani xususida to'xtalar ekan, bunday amaliy safarlar pandemiya paytida ham batamom to'xtab qolmagani, hozirgi paytga kelib esa o'zaro bordi-keldilar tez-tez amalga oshirilayotganini” ma'lum qilgan.
Interv`yuda Sankt-Peterburg hududida mehnat qilayotgan xorijlik muhojirlar orasida o'zbekistonlik mehnat migrantlari soni jihatidan birinchi o'rinni egallashi qayd etilgan.
O'zbekistonlik diplomat bu haqdagi fikrlarini o'rtoqlashishda davom etar ekan, mamlakatimiz tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va bu erda ishlayotgan O'zbekistonning boshqa tashkilotlari vakili bilan birgalikda yirik qurilish ob'ektlariga safarlarni uyushtirish muntazam tus olganiga alohida urg'u bergan.
Suhbatda bosh konsul “Qurilish maydonlariga borganimizda, biz vatandoshlarimizning yashash tarzi, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga va ular uchun yangi bo'lgan muhitda o'zini tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini tushuntiramiz. Biz doimo telefon raqamlarimizni qoldiramiz, vatandoshlarimiz biron-bir muammo yoki qiyinchiliklarga duch kelishsa darrov biz bilan bog'lanishadi”, deya ta'kidlagan.