Bu haqda Rossiya Federatsiyasining hukumati devonida — 22-iyun kuni hukumat rahbarlari darajasida oʻtkaziladigan qoʻshma komissiya yigʻilishi oldidan maʼlum qilindi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati xabar berganidek, Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi, Rospotrebnadzor hamda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi oʻzbekistonlik hamkorlar bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, diagonostikasi, davolash boʻyicha hamkorlik qilmoqda.

2021-yil 1-aprel kuni Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati oʻrtasida mamlakatga “Sputnik V” vaksinasining 500 mingta ikki komponentli emlash dozalarini yetkazish boʻyicha shartnoma imzolangan.

2021-yil 23 hamda 27-aprel kunlari Toshkentga vaksinaning birinchi 100 mingli partiyasi (har bir komponentdan 50 mingtadan doza) yuborilgan edi.

2021-yil 1-iyun kuni birinchi komponentning 70 ming dozasi, 10-iyun kuni esa ikkinchi komponentning 70 ming dozasi yetkazilgan.