Rossiya harbiy delegatsiyasi Oʻzbekistonda COVID-19 uchun test topshirdi

    Xalqaro armiya oʻyinlari-2020ning “Yoʻl-patrul” musobaqasida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan rossiyalik harbiy mutaxassis va harbiy transport inspektorlari guruhi oʻz vataniga qaytishdan oldin COVID-19 uchun test topshirdi.

    Taʻkidlanishicha, sinov natijalari maʻlum boʻlgach, Rossiya harbiy xizmatchilari “Fargʻona” aedromiga joʻnab ketishi mumkin.

    Rossiyalik harbiy mutaxassislar va musobaqa ishtirokchilarini manzilga etkazish Rossiya aerokosmik kuchlarining harbiy transport samolyoti tomonidan amalga oshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, 25-avgustdan 2-sentyabrga qadar Qoʻqon shahri yaqinida joylashgan qurol-yarogʻ avtodromida ARMI-2020 xalqaro “Yoʻl-patrul” tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Belorussiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari vakillari ishtirok etdi.