Rossiyaning radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qilish harbiy boʻlinmalari (RXBZ) Suriyaning Halab viloyatida avtobuslarni muntazam dezinfeksiya qilishni boshladi, deya xabar qilmoqda AiF. Bu haqda Rossiyaning Halab viloyatidagi urushayotgan tomonlarning yarashish markazi vakili Sergey Yesyunin maʼlum qildi.
Dezinfeksiya tadbirlari Mudofaa vazirligining tegishli guruhi tomonidan rejalashtirilgan. Joʻnashga tayyorgarlik koʻrayotgan avtobuslarga xizmat koʻrsatadigan transport markazi bu haqda mahalliy maʼmuriyat bilan kelishgan.