Bu haqda «Dunyo" AA xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Bosh konsulxona koʻmagida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston bolalari Sibir poytaxtiga toʻplandi.
Qayd etish joizki, Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan oʻz vaqtida taʼminladi.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga koʻra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolajonlar Oʻzbekistonga sogʻ-salomat yetib olgan.