Tegishli muddatlar Rossiyaning boshqariladigan koinot tizimlari va komplekslar bo'yicha bosh konstruktori, “Energiya” raketa-koinot korporatsiyasi bosh konstruktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Vladimir Solovyovning hisobotida ko'rsatilgan.
“Oy bazasini joylashtirishga tayyorgarlik – 2031 – 2040 [yillar]”, deyiladi Yuriy Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazida “Odam ishtirokidagi koinot parvozlari” 15-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisida taqdim etilgan Oyni tadqiq qilish bo'yicha yo'l xaritasi loyihasida.
Materiallarda aytilishicha, xuddi shu paytda Rossiyaning Yerning tabiiy yo'ldoshi yuzasiga odam ishtirokidagi birinchi missiyasi amalga oshiriladi. Oy stansiyasining qurilishi 2041 — 2050-yillarga mo'ljallangan. Shu bilan birga, Rossiyaning Oydagi ustuvorligini mustahkamlash, u yerda suv va kislorod qazib olishni boshlash, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun mahalliy minerallardan foydalanish ko'zda tutilgan.
2006-yil yanvar oyida Raketa-koinot korporatsiyasi “Energiya” rahbari bo'lib ishlagan Nikolay Sevastyanov Oydagi Rossiya bazasi Amerikadan oldin paydo bo'lishini aytgandi. Keyin u 2015-yilda Yerning tabiiy yo'ldoshiga parvozlar uchun fazoviy kema, orbitalararo tirgak ishga tushirilishini va Oyda geliy-3 qazib olish boshlanishini e'lon qilgandi, deb xabar beradi lenta.ru.









