Rossiya moliya institutlari bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi

    Investitsiyalar 8 Aprel 2021 821

    «O‘zbekneftgaz» «Sovcombank» kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

    Toshkentda o‘tkazilayotgan «Innoprom»: O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ikkinchi kuni ham «O‘zbekneftgaz» AJ va Rossiya moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va yo‘lga qo‘yish uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

    O‘tkazilgan muzokaralar natijasida «Sovcombank» AJ bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

    Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan maqsad «O‘zbekneftgaz» AJ loyihalarini amalga oshirish uchun bankning moliyaviy mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqishdan iborat.

    «Sovkombank» AJ – 2019-yil oxiriga kelib, Interfaks reytingida Rossiya buxgalteriya hisobi standartlari (RBHS) aktivlari bo‘yicha Rossiyadagi uchinchi xususiy bank hisoblanadi.

    Filiallar tarmog‘ida 2 500 ta idorasi mavjud bo‘lib, xodimlar soni 15 000 nafarni tashkil etadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) guruhining kapitali 139 milliard rublni tashkil etdi.

    Ta’kidlash joizki, «O‘zbekneftgaz» AJ bir necha yildan buyon Rossiya moliya institutlari bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va yuqori texnologik uskunalar hamda moddiy texnik resurslar sotib olish borasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib keladi, deyub xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.