Tele2 26-avgustdan boshlab “Ochen mnogo interneta” (“Juda koʻp internet”) xizmatini bekor qildi. Ushbu xizmat turidan foydalanuvchilar 200 rubl evaziga bir oy davomida internet tarmogʻidan chegarasiz foydalanishi mumkin edi. Jumladan, mamlakat boʻylab safarlar davomida ham. Ushbu tarifga ulangan abonentlar uchun hech narsa oʻzgarmaydi. Lekin qaytadan ulanish imkoni boʻlmaydi.
Shuningdek, MTS ham 27-martdan “Tarifiщye” limitsiz tarifini oʻzgartirdi. Unga muvofiq endi mijozlar yo 50-57 rubl oshiqcha toʻlov evaziga limitsiz tarifda qolishi mumkin, yoki toʻlovning eski miqdorini saqlab qolgan holda tarifning yangi shakliga oʻtadi. Bunda internet-trafigi 30 Gb ga qisqaradi.
“VTB Mobayl”, “Megafone” va “Yota” kabi kompaniyalar limitsiz tarifga sodiq qolmoqchi. Lekin shunga qaramay “VTB Mobayl”ning Bosh direktori Maksim Sharkov trafik isteʼmoli va abonentlarning talabidan kelib chiqib vaziyat oʻzgarishi mumkinligi eslatdi, deb xabar beradi RIA Novosti.