Ulardan 16 tasi “Sobol” yoʻltanlamasi va 4 tasi esa “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasidir.
“GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy koʻriklar, profilaktika, tashxish qoʻyish va davolash tadbirlari uchun moʻljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita toʻlaqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yoʻnalishdagi shifokorlar oʻz ishlarini olib borishlari mumkin.
Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.
Mashinalarni respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.