Rossiya samolyoti bir sutkada Yaponiya havo chegaralarini uch marta buzdi

    23-sentabr, dushanba kuni Yaponiyaning F-15 va F-35 qiruvchi samolyotlari Yaponiya havo hududini buzgan Rossiya harbiy razvedka samolyotini ogohlantiruvchi raketalar bilan o'qqa tutdi.

    Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

    Nashr Yaponiya mudofaa kuchlarining ogohlantiruvchi o'q uzishi bilan bog'liq 1958-yildan beri sodir bo'lgan birinchi hodisa ekanligini ta'kidladi.

    Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasining so'zlariga ko'ra, Rossiyaning Il-38 patrul samolyoti 23 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 16:00 gacha Yaponiya shimolidagi Rebun oroli suvi ustidan uchib, uch marta Yaponiya havo hududiga kirgan.

    Yosimasa Xayasining qo'shimcha qilishicha, Yaponiya ushbu qoidabuzarlik yuzasidan Rossiyaga “o'ta kuchli norozilik” bildirdi. The Wall Street Journal ta'kidlaganidek, Yaponiya harbiy-havo kuchlari ikki marta Rossiya samolyotlariga o'z hududlarini tark etish to'g'risida ogohlantirish va talablar yuborgan va uchinchi ogohlantirishdan so'nggina o't ochgan. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi vaziyatga hech qanday izoh bermadi, deb xabar beradi dw.com.