Xususan, epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida muntazam yoʻlovchi temir yoʻl qatnovini bosqichma-bosqich qayta tiklashga birgalikda tayyorgarlik koʻrish borasida ham kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda Rossiya hududida temiryoʻl infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun Oʻzbekistondan malakali kadrlarni jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Shu munosabat bilan, “Rossiya temir yoʻllari” OAJ va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi hududida temir yoʻl infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun Oʻzbekistonning malakali mehnat resurslarini jalb qilishni tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.