Rossiya va Ukraina oʻrtasidaga urush tufayli FIFA RF terma jamosiga nisbatan sanksiyalar qoʻlladi. Bu sanksiyalarga muvofiq Rossiya hududida xalqaro turnirlar oʻtkazilmaydi. Uy oʻyinlari neytral maydonlarda va tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi. Rossiya vakili boʻlgan assotsiatsiya har qanday musobaqada Rossiya emas, Rossiya Futbol Ittifoqi nomi ostida ishtirok etishi kerak boʻladi.
Shuningdek, Rossiya jamoalari ishtirokidagi oʻyinlarda mamlakat bayrogʻi yoki madhiyasi ishlatilmaydi.