Xabaringiz bor, FIFA taqvimi doirasidagi 9-21-iyun kunlari Toshkent va Bishkekda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi – CAFA tomonidan ilk marta turnir tashkil etilyapti. Unda tashkilotga aʼzo Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Eron va yana bir OFK aʼzosi boʻlgan jamoa hamda Rossiya milliy termasi ishtirok etishi kutilayotgandi.
Ammo kecha “Match TV”ga bergan intervyusida Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov bu musobaqada Rossiya milliy jamoasi ishtirok etmasligini maʼlum qildi.
“CAFA tashkil etayotgan turnirda qatnashmaymiz. Kecha bu haqda rasmiy xat yoʻlladik. Buning sababi oʻyinchilarga katta yuklamalar boʻlayotganidir”, – dedi u.