“Bunday tizimlardan gipotetik foydalanish faqat amerikalik xodimlarning bevosita ishtiroki bilan mumkin. Umid qilamanki, Vashingtonni bunday qarorga undayotganlar oqibatlarning chuqurligi va jiddiyligini yaxshi bilishadi”, dedi Ryabkov.
Diplomat Oq uy va Pentagonni “butun vaziyatga hushyor, oqilona va mas'uliyat bilan yondashishga” chaqirdi.
AQSh hali Tomahawk raketalarini etkazib berish bo'yicha qaror qabul qilgani yo'q. AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainadan raketalarni qaerga yo'naltirish mumkinligiga oydinlik kiritishni rejalashtirgan. U bu vaziyatda keskinlashuv xavfini ko'rmayotganini tushuntirdi.
Kreml Tomahawk raketalarining potensial berilishini “jiddiy keskinlashuv bosqichi” deb hisoblamoqda. Prezident Vladimir Putin AQSh bilan munosabatlarning buzilishi tahdidi haqida ogohlantirdi. “Har holda bu munosabatlarda ijobiy tendentsiyalar paydo bo'lmoqda”, deya qo'shimcha qildi u.
Reuters xabariga ko'ra, Tomahawkning berilishi dargumon va AQSh katta ehtimol bilan qisqa masofali raketalarni beradi.
Tomahawk – bu qo'mondonlik punktlari, radarlar, havo hujumidan himoya batareyalari, aerodromlar va boshqa nishonlarni yo'q qilish uchun mo'ljallangan ko'p maqsadli raketalar. 1970-yillarda General Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ular soatiga 885 kilometr tezlikka ega (0,74 Maxa) va uchish masofasi 1250–2500 kilometr, deb xabar berdi rbc.ru.