Rossiya tovuq tuxumi narxi oshishi fonida uni Erondan import qilishni rejalashtirmoqda

    Rossiyada iste'mol talabining ortishi va ishlab chiqarishning kamayishi fonida tuxum narxining sezilarli o'sishi kuzatilmoqda.

    Rossiya tovuq tuxumi narxi oshishi sababli Erondan uni import qilish rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnev ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, 2020-yildan buyon xorijdan tuxum importi amalga oshirilmagan, bu esa mamlakatning o'zini-o'zi tuxum bilan to'liq ta'minlagani bilan bog'liq. Biroq, hozirda iste'mol talabining ortib borayotgani va ishlab chiqarishning kamayishi fonida tuxum narxining sezilarli darajada oshishi kuzatilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.