Barcha talabalar Toshkent temir yo'l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi.  «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib berildi.

Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda o'qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud.  14 kunlik karantin davridan so'ng barcha talabalar uylariga yuboriladi. 

SHuningdek,  yaqin kunlarda SHimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabaning vatanga kelishini tashkil etish rejalashtirilgan.