Rossiya va Shimoliy Koreya o'rtasida yo'lovchi poyezdlari qatnovi yo'lga qo'yiladi

    Iyul oyida Vladivostokdan (Rossiya Federatsiyasi) Rasonga (KXDR) yo'lovchi poyezdlari qatnovini yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda, dedi Primorsk o'lkasi gubernatori Oleg Kojemyako.

    “Iyul oyida biz to'g'ridan-to'g'ri Vladivostok-Rason o'rtasida yo'lovchi poyezdlari qatnovini yo'lga qo'yamiz, bu yerda yo'lovchilar va sayyohlar Vladivostokdan KXDRga kelishadi, u yerdagi go'zallik, tabiat va madaniyatdan bahramand bo'lishadi, urf-odat va an'analar bilan tanishishadi”, dedi Kojemyako Vladivostokda KXDR tovarlari festivalining ochilishida.

    Shuningdek, u Primorsklik bolalar KXDRga yozgi ta'tilga borishlarini, Shimoliy Koreyadan esa Vladivostokdagi “Okean” Butunrossiya bolalar markaziga dam olish uchun kelishlarini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi interfax-russia.ru.