Rossiyada 2021-yilda xorijiy ishchilarga qancha kvota berildi?

    Voqea-hodisalar 19 Noyabr 2020 484

    Mixail Mishustin tomonidan imzolangan yangi qonunga koʻra 2021-yilda Rossiyada xorijiy ishchilar kvotasi deyarli oʻzgarmagan.

    Xususan, 2021-yilda faqat jamoat transporti va yuk tashish transporti sohalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy ishchilar ulushi 202 0yilga nisbatan 26 foizdan 24 foizgacha tushirilgan.

    Iqtisodning boshqa sohalarida migrantlar ulushi oʻzgarishsiz qolgan:

    • Qurilish sohasida - 80%gacha;
    • Xizmat koʻrsatish, kommunal xoʻjalik sohalarida - 70%gacha;
    • Oʻrmon xoʻjaligi va yogʻoch sanoati, sabzavotchilik sohalarida - 50%gacha xorijiy ishchilar ishlashi mumkin.

    Qurilish sohasiga kiritilayotgan cheklovlar Moskva va Amur viloyatlarida va Buryatiya oʻlkasida individual tartibda belgilanishi aytib oʻtilgan.