Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida chet davlat fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patentning oylik avans toʻlovi 2023-yil 1-yanvardan boshlab oʻzgargan. Masalan, Moskva shahri va oblastida bu 6600 rubl (2022-yilda 5900 rubl), Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida 4400 rubl (2022-yilda 4200 rubl) etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, mehnat migrantlari tomonidan avans toʻlovi oʻz vaqtida amalga oshirilmasa yoki toʻlov miqdori belgilangan summadan kam boʻlsa, patent oʻz kuchini yoʻqotadi va ish beruvchi bunday xodimga ishlashga ruxsat bergani uchun jarimaga tortiladi.