Bu haqda vazirlikning Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig'i Valentina Kazakova ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, amal qilish muddati 15 sentyabrgacha bo'lgan viza, mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va fuqaroning holatini qayd etuvchi boshqa barcha hujjatlarning amal qilishi to'xtatiladi. Hozirda ushbu muddatni uzaytirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

Eslatib o'tamiz, koronavirus infektsiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mazkur davlat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo'lishi huquqini beruvchi barcha hujjat, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi.