Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Agar 2024-yilgacha Rossiyada u kamdan-kam hollarda aniqlangan boʻlsa, 2024-yilda huquq-tartibot idoralari xodimlari tarkibida karfentanil boʻlgan 1 kilogramm, joriy yil dastlabki oylarida esa yana 100 gramm giyohvand moddani musodara qilgan.

Preparat sintetik opioid boʻlib, fentanil hosilasi hisoblanadi. U birinchi marta 1974-yilda Janssen kompaniyasi tomonidan sintez qilingan.

Tadqiqotda aytilishicha, karfentanil geroindan 5 ming marta va morfindan 10 ming marta kuchliroq. Bu yirik sutemizuvchilar — fillar, karkidonlar, buyvollar va antilopalar uchun tinchlantiruvchi vositadir.

Nashrga koʻra, Xitoy karfentanilning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ushbu dorini dunyodagi eng kuchli tijorat opioidlaridan biri sifatida tasniflagan.

Odamlar uchun oʻlimga olib keladigan doza atigi 2 mkg (0,002 mg). Rossiyada karfentanil nazorat qilinadigan psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan.