Maʼlum boʼlishicha, koronavirusli bemorlarda mukormikoz odatda qandli diabet va glyukokortikosteroidlar toifasiga kiruvchi katta dozadagi immunitet fonida rivojlanadi. Hindistonda bunday bemorlar koʼpligi uchun kasallanish ham juda yuqori.

«Rossiyada mukormikoz kamdan-kam hollarda, asosan onkogematologik bemorlarda uchramoqda. Hozir Hindistondagi vaziyat bilan taqqoslanadigan narsa yoʼq. Koronavirusga chalingan bemorlarda faqat mukormikozning alohida holatlari qayd etilgan», — deya maʼlum qilgan Mechnikov nomidagi Tibbiyot universitetining Klinik mikologiya, allergologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Nikolay Klimko.

Taʼkidlanishicha, ushbu infektsiyani tuproqda yashaydigan mikroskopik qoʼziqorinlar qoʼzgʼatadi, ular chirigan oʼsimliklar yuzasida uchraydi. «Qora mogʼor» burun, koʼz va nafas olish organlariga taʼsir qiladi.

«Ushbu kasallik Hindiston kabi tropik zonalarda joylashgan janubiy mamlakatlarga xosdir. Аmmo qoʼziqorin kasalliklari antibiotiklardan foydalanish bilan bogʼliqligi sababli keng tarqalmoqda», — deya maʼlum qilgan mutaxassis.

Qayd etilishicha, kasallanish oʼlimga sabab boʼlib, faqatgina ayrim bemorlarni davolash paytida qutqarish mumkin.