Ta'kidlanishicha, preparat “Hayvonlar sog'lig'ini saqlash federal` Markazi” (FGBU “VNIIZJ”) tomonidan ishlab chiqilgan.

— O'tgan yilning oktyabr oyida boshlangan “Karnivak-Kov”ning klinik sinovlariga itlar, mushuklar, arktik tulkilar va boshqa hayvonlar jalb etilgan. Tadqiqotlar natijalari vaksinaning zararsizligi va uning yuqori samarasi to'g'risida xulosa qilishga imkon beradi. Tadqiqotga jalb qilingan barcha hayvonlarda 100 foiz hollarda koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqilgan, — dedi mutaxassis.

Endi olimlari preparatni qabul qilganidan keyin immunitet qancha vaqt davomida ishlab chiqilishini o'rganishni davom ettirmoqda. Savenkovning so'zlariga ko'ra, hozircha bu ko'rsatkich kamida olti oyni tashkil qilmoqda.

“Aprel oyidan boshlab vaktsinani ommaviy ishlab chiqarishni boshlash mumkin. Bu hayvonlar sog'lig'ini saqlash federal` markazining dori-darmonlar ishlab chiqarish bo'yicha mamlakatdagi eng yirik platformasi asosida ishga tushiriladi”, deya qo'shimcha qildi u.

Mutaxassis vaksinaning alohida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirdi. Butunjahon hayvonlar sog'lig'ini saqlash tashkiloti ta'kidlaganidek, ba'zi hayvon turlari koronavirusga sezgir bo'lib, ko'plab mamlakatlarda hayvonlarda COVID-19 kasalligi qayd etilgan.

Rossiyalik olimlarning fikriga ko'ra, hayvonlarning emlanishi virus mutatsiyasining rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin, bu ko'pincha patogenning turlararo yuqishi paytida yuzaga keladi.

“Shuni ta'kidlash kerakki, hayvonlardan odamlarga koronavirus infeksiyasi yuqishiga oid ilmiy dalillar mavjud emas, bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir necha bor xabar bergan”, dedi mutaxassis.
Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, hayvonlar koronavirusning COVID-19 dan boshqa ba'zi turlarini ham yuqtirishlari mumkin.