Joriy yilning 17-iyul kuni 9 nafar yurtdoshimiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.
Markaz xodimlari ish beruvchi tashkilot – “Си Ар Си Си Рус” rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida yurtdoshlarimizning 278 ming rubl miqdoridagi oylik maoshi to‘liq undirib berildi hamda ularning bank kartalariga o‘tkazildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bemoqda.