Sankt-Peterburg intelektual logistika markazi rahbari  Viktor Zaxarov Rossiya Federatsiyasida koronavirus pandemiyasining uchinchi to'lqini boshlanishi mumkinligini aytdi.  Avvalroq “Covid-19”ga ixtisoslashgan Moskvaning Komunarkadagi kasalxonasi bosh vrachi Denis Protsenko ham pandemiyaning uchinchi bosqichi boshlanishi kutilayotganini, ammo u juda sekin tarqalishini bildirgan edi.

D.Protsenkoning ta'kidlashicha, butun jahon uchinchi  to'lqinni kutmoqda. CHunki, avvalgi epidemiyalar ham kuz va bahor fasliga qarab uch  bosqichda kechgan.

So'nggi xabarlarga qaraganda, Rossiyada har ellikta  odamning bittasi koronavirusga chalingan. Dunyo bo'yicha esa bu ko'rsatkich har yuzta odamdan bittani tashkil etadi.